O‘zbekistonda 2018-yilning yanvar-noyabr oylarida bir kishi uchun chakana savdo aylanmasi o‘rtacha 3,54 million so‘mni tashkil etdi. Bunda poytaxt aholisi xarajatlari uch barobar ko‘p – 10,5 million so‘m. Bu haqda Turon24 Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
Yuqori ko‘rsatkich Navoiy (4,9 mln so‘m) va Toshkent (4,3 mln so‘m) viloyatlarida ham qayd etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi xarajatlarning bunday taqsimlanishini yirik savdo va sanoat korxonalarining hududiy joylashuvi bilan izohladi.
Xarajatlarning eng kam ko‘rsatkichi Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan. Bu yerda bir kishiga 2,04 million so‘m to‘g‘ri keladi.
Mamlakatda 2018-yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo aylanmasi 116,7 trillion so‘mga teng bo‘ldi (17-dekabrdagi kurs bo‘yicha 14,04 mlrd dollar). Bunda kichik tadbirkorlikning ulushi umumiy savdo aylanmasining 86,5 foizini tashkil etdi – 100,9 trln so‘m (12,1 mlrd dollar).
Izoh (0)