Rossiya maxsus xizmati kuchlari OAV tomonidan “superqurol” deb nom olgan ShAK-12 yangi avtomat majmuasiga ega bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
ShAK-12 o‘ziga xos qurol bo‘lib, u hatto maxsus bo‘linmalar uchun ham ommaviy bo‘lmagan namuna sanaladi.12,7 millimetr kalibrli ShAK-12 og‘ir avtomati Federal xavfsizlik xizmati buyurtmasiga binoan Rossiya maxsus xizmati uchun yaratilgan.ShAK-12 — yuqorisamarali hujum qurolining zamonaviy namunasi bo‘lib, u maxsus xizmat bo‘linmalari uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy vazifasi — dushmanga tez va samarali zarba berishdan iborat.
Izoh (0)