Gonolulu xalqaro aeroportidan parvoz qilgan, harbiy o‘quvlarda ishtirok etayotgan Hawker Hunter qiruvchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng suvga quladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Samolyot Oaxu oroli yaqinidagi dengizga g‘arq bo‘lgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotni boshqargan 47 yoshli uchuvchi katapulta yordamida qutilib qolgan. Uni og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazishgan.Uchuvchi samolyot bortida yolg‘iz yoki sherigi bilan bo‘lganligi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)