Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametovning uyida bir necha kishi yirik o‘g‘rilikni amalga oshirdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Bosh prokuraturaga tayanib. Hodisa 5-dekabr kuni yuz bergan.
Ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surishtiruv tadbirlari natijasida 7-dekabr kuni uch nafar gumonlanuvchi hibsga olingan. Ulardan birining uyi tintuv qilinganida daliliy ashyolar topilgan.
9-dekabr kuni hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jabrlanuvchi shaxs sifatida Chilonzor tumani hokimining rafiqasi ishtirok etmoqda.
Sarvar Mahametov tumanga shu yilning oktabrida hokim etib tayinlangan. 2010—2016-yillarda u Bektemir tumani, 2016—2018-yillarda Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)