Joriy yilning 9-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi M.J.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Yong‘in oqibatida uyining 15 kv/m maydonida ichki shift qismi va ko‘rpa to‘shagi yonib zarar ko‘rgan hamda M.J. va uning turmush o‘rtog‘i T.T. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Yong‘in deraza tokchasiga qo‘yilgan isiriq tutab yonishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Izoh (0)