Lola Karimova-Tillayeva Kaliforniyadagi yong‘inlar oqibatida jabrlangan itlarga yordam beruvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlaydi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Biz Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida jabrlangan to‘rt oyoqlilarga yordam ko‘rsatish tariqasida itlarni qutqaruvchi wagsandwalks tashkilotini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”, — deb yozadi u.
Ma’lumot uchun, Kaliforniyada shtat tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini 8-noyabr kuni boshlangan edi. U 26-noyabr kuni batamom o‘chirildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan, 14 mingga yaqin uylar, 508 ta tijorat binolari va 4 mingdan ortiq boshqa inshootlar vayron bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va 73 ta o‘t o‘chirish mashinalari jalb qilindi. Yonish maydoni 62 ming gektardan ziyodroqni tashkil etdi.
Izoh (0)