Andijon viloyatidagi avtomobil ustaxonalaridan birida yong‘in yuz berdi, unda bir kishi yonib ketdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Hodisa 10-dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi “To‘da” MFYda joylashgan avtoservisda yuz berdi. Yong‘in yuzaga kelishi oqibatida bino tomining 30 kv metr qismi, servis mulki va Damas avtomobili yo‘q qilindi.
Yong‘inni bartaraf qilishga 2 ta ekipaj jalb etildi. Yong‘inni o‘chirish chog‘ida o‘t o‘chiruvchilar kuyib ketgan jasadni topdi. Bundan tashqari, avtoservis ustalaridan yana biri kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Yong‘inga avtomobildagi gaz ballonini demontaj qilishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani sababchi bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)