“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 11-dekabrdan Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi dastlabki to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ murojaatlar bilan ishlash sektori boshlig‘i Fozilbek Masharipovning ma’lum qilishicha, Toshkent – Yekaterinburg yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi.
Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Tatariston poytaxtidagi “Qozon-1” vokzalidan soat 23:55 da yo‘lga chiqadi va soat 5:00 da Toshkentga kirib keladi (yo‘lda 3 sutka 3 soat 5 daqiqa yuradi, jami 75 soat).
Belgilangan jadvalga ko‘ra Qozon – Toshkent va Toshkent – Qozon yo‘nalishlarida poyezdlar haftasiga bir martadan qatnaydi. Poyezd shanba kunlari soat 3:50 da Toshkent markaziy vokzalidan yo‘lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi va shu kunning o‘zida soat 23:55 da Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.
Hozircha chiptalarni faqat temiryo‘l kassalaridan sotib olish mumkin.
Izoh (0)