Farg‘ona shahrida 9-dekabr kuni Oqarobod ko‘chasida yashovchi T.T. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 6-dekabr kuni noma’lum shaxs Yangi asr ko‘chasi oldida uning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, puli va Samsung mobil telefonini olib ketganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni I.G‘. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)