Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Aln Jazeera telekanaliga bergan intervyusida qirollik hukumati Istanbulda saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirganlikda ayblanuvchilarni Turkiyaga bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Turkiya Saudiya Arabistoniga tegishli so‘rov jo‘natgan.
“Biz Jamol Qoshiqchi o‘limining tekshirilishi doirasida o‘z fuqarolarimizni Turkiyaga topshirmaymiz”, — dedi al-Jubayr.
Avvalroq AQShning bir guruh sentorlari Saudiya Arabistoni valiahd shahzoda Muhammad bin Salomni Jamol Qoshiqchi o‘limiga aloqadorligi sababli, uni javobgarlikka tortish haqidagi rezolyutsiyani ko‘rib chiqish uchun Kongressning yuqori palatasiga kiritgan edi.
Izoh (0)