“Koinot go‘zali — 2018” tanlovining syerra-leonelik ishtirokchisi Ester Bangura pirovardida Tailandga yetib keldi. Bu haqdagi xabar uning Instagram sahifasiga joylandi.
“‘Syerra-Leone go‘zali’ning barcha muxlislariga salom, qo‘llab-quvvatlaganingiz va xavotir olganingiz uchun rahmat. Hammasi joyida, u, nihoyat, Tailandga keldi, ammo eng nufuzli go‘zallik tanlovining ishtirokchisi emas, tomoshabini sifatida”, — deyiladi postda. Bu qizning tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagani bilan bog‘liqligi taxmin etilmoqda.
9-dekabr kuni avvalroq Bangura tanlovga barcha ishtirokchilar kabi samolyotda emas, kemada jo‘nab ketgani, ammo yetib kelmagani xabar berilgan edi. Bir necha kun davomida qizdan hech qanday xabar bo‘lmagan.
Musobaqa finali Tailand poytaxti Bangkokda 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)