Kremlning Qrimdagi barcha harakatlari Gaagadagi xalqaro jinoiy sud tomonidan insoniyatga qarshi jinoyatlar doirasida o‘rganilmoqda. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Ukraina tomoni oldinroq sudga rossiyaliklar tomonidan Qrimda sodir etilgan qator harbiy jinoyatlar haqida ma’lumotlar yuborgandi.
Sud Qrim hududidagi vaziyatni Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi xalqaro mojaro sifatida talqin qilmoqda.
Sud prokurori devonxonasi yaqin orada bu ish tahlilini yakunlaydi va uni sud tomonidan ko‘rib chiqilishi ehtimoli yuzasidan xulosani e’lon qiladi.
Izoh (0)