Hindistonda fil qishloqlardan biriga kirib, odamlarning mulkiga zarar yetkazgan va uch kishini jarohatlagan, deya xabar berdi “KorrespondenT”.
“Fil uylarning oldida qoldirilgan mototsikl va velosipedlarga zarar yetkazdi. Qo‘rqib ketgan mahalliy aholi uylarning tomiga chiqib ketdi. Shundan so‘ng fil temiryo‘lga chiqib ketdi. Shu sababli bir nechta poyezdning jo‘nash vaqti kechiktirildi. Oxir oqibat fil qishloqni tashlab, o‘rmonga qochdi”,— deyiladi xabarda.
Avvalroq, Hindistonning Bandipur milliy bog‘ida jahldor fil sayyohlarni olib o‘tayotgan avtobusga tashlangani haqida xabar berilgandi.
Hindistonda fillar uchun maxsus gospital ochilgan. Hozirda u yerga 20 ta hayvon joylashtirilgan.
Izoh (0)