Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismi aholisi noodatiy hodisaning guvohi bo‘ldi — Urumchi shahrini kulrang-sariq rangdagi 20 santimetrlik qor qopladi, deb yozadi Sputnik.
Tiramisu (dunyo bo‘yicha mashhur desert) rangidagi qor (mahalliy aholi va sayyohlar unga shunday nom berdi) yo‘llar va to‘xtatib qoldirilgan avtomobillarni qoplamoqda. Qor yog‘ayotgan vaqtda aeroportda ko‘rish qiyinlashganligi ta’kidlanmoqda.
Qor yog‘ishi bilan birga kechgan chang bo‘roni “kir” qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)