Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina prezidentining Qora dengizda mamlakat kemalarining qo‘lga olinishi bo‘yicha so‘roviga javob bermadi. Bu haqda Pyotr Poroshenko Fransiyaning France 24 telekanaliga intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Afsuski, Putin shu paytgacha istalgan shaklda — ikki tomonlama, Normand to‘rtligi, amerikalik sheriklar ishtirokidagi telefon orqali muloqot haqidagi so‘rovimga javob bermadi”, — dedi Ukraina prezidenti.
Poroshenkoning aytishicha, Rossiya tomoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali muloqotlardan o‘zini olib qochmoqda.
Izoh (0)