Bugun Xyustondan uning jasadi olib kelindi. Dushanbadan jumaga qadar prezidentning jasadi Kapitoliydagi markaziy rotondan joy oladi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Chorshanba kuni Amerika poytaxtining Kafedral soborida xotira marosimi bo‘lib o‘tadi. Oq uy shu kuni AQShda motam e’lon qilinishini ma’lum qildi. Dafn marosimi payshanba kuni Texasda bo‘lib o‘tadi. Katta Bush o‘tgan juma kuni 94 yoshida vafot etdi. 1989—1993-yillarda Oq uyda turib u “sovuq urush”ning, Berlin devori qulashining, SSSR tarqalishi, Fors bo‘g‘ozida birinchi urushning ishtirokchisi va guvohiga aylangan.
Izoh (0)