Fransiyaning Arla shahrida norozilik namoyishlari sabab to‘xtatib qo‘yilgan yuk mashinasiga kelib urilgan furgon haydovchisi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
Bunga qadar nazorat-o‘tkazish punktida ko‘tarilgan to‘polonda namoyish ishtirokchilaridan biri o‘ldirilgan edi.
Yana bir kishi mototsiklda namoyishchilarni aylanib o‘tishga uringan furgon bilan to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lgan.
17-noyabrdan beri Fransiyada avtomobil yoqilg‘isining narxi oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.
Namoyishchilar haydovchilarga mo‘ljallangan sariq nur qaytargich nimchalar kiyib olgan.
Izoh (0)