Qatar 2019-yilning yanvar oyida neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPЕK)dan chiqib ketadi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Ushbu qarorni Qatar energetika vaziri dunyo bozoridagi rolini hamda uzoq muddatli strategiyasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida qabul qilganini ma’lum qildi.Qatar Petroleum neftgaz korporatsiyasi ushbu qarorni tasdiqladi. Qatar yaqin yillarda gaz qazib olishni yiliga 77 million tonnadan 110 million tonnaga oshirmoqchi. Mamlakatda o‘sish strategiyasi ishlab chiqildi ular o‘zlarining yetakchi gaz qazib oluvchi pozitsiyasini mustahkamlamoqchi.OPЕKga Qatardan tashqari 14 mamlakat kiradi. Bu Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Eron, Iroq, Kongo, Quvayt, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya va Ekvador.2017-yilda OPЕK tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar bilan neft narxini tushib ketishini to‘xtatish uchun neft qazib olishni kamaytirishga kelishib oldi.Dekabrda kelishuv ishtirokchilari keyingi yil uchun rejalarni belgilashi kerak.OAV taxminiga ko‘ra, OPЕKdan chiqish Qatarning neft qazib chiqarishni oshirishidan dalolat beradi. Bu qolgan ishtirokchilarning narxni nazorat qilish bo‘yicha kelishuviga zid bo‘lishi mumkin. Qatar — OPЕK tarkibidagi 11-neft chiqaruvchi davlat bo‘lib, u oktabrda bir kecha—kunduzda 610 ming barrel neft qazib olgan, bu tashkilot ishtirokchilarining 2% qazib olgan nefti demak.
Izoh (0)