75 yoshli Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy o‘limi va sudanlik o‘xshash egizagi tomonidan almashtirib qo‘yilganligi haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda “Tjournal” xabar berdi.
“Sizni ishontirib aytishim mumkin, men haqiqiyman. Tez orada 76-tavallud kunimni nishonlayman” — deydi prezident.Buxoriyning so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘pchilik uning davomli davo muolajalaridan vafot etishini kutgan. Ayrimlar uni o‘ldi deb o‘ylab, Nigeriya vise-prezidentiga qo‘ng‘roq qilib o‘z nomzodini ham taklif qilgan.Buxoriy 2015-yilning may oyidan Nigeriya prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi. 2017-yilning u besh oyi davomida u Buyuk Britaniyada davo muolajalarini o‘tadi. U qanday xastalikdan aziyat chekkani noma’lum.U 2019-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ham ishtirok etadi.
Izoh (0)