• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulnora Karimovaning pullari kimga nasib etadi? Shveysariya uning millionlarini o‘zida saqlashni istamayapti

    Shveysariya hukumati O‘zbekiston marhum prezidentining qizi Gulnora Karimovaga tegishli 800 million frankni o‘zida saqlashni istamayapti. Pullarni O‘zbekistonga qaytarishga ham shoshmayapti. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    “Shveysariya noqonuniy yo‘l bilan topilgan boylikni o‘zida saqlab turishdan manfaatdor emas”, — deb javob berdi DW’ning  O‘zbekiston marhum prezidentining qizi Gulnora Karimovaga tegishli 800 million shveysariya frankiga yaqin aktivlarga nima bo‘lishi haqidagi savoliga Shveysariya TIV.

    Gulnora Karimovaning o‘zi anchadan buyon O‘zbekistonda panjara ortida bo‘lib, bu borada aniq ma’lumotlar kam. Shu bilan birga, Yevropada Karimova ishi hali-beri yakunlanmaydi, chunki asosiy masala – uning Shveysariyadagi aktivlarini nima qilish kerakligiga javob topish lozim.

    Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga  2012-yilda e’tibor qaratgandi. Avvaliga uning yordamchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

    Keyinroq Gulnoraning o‘zi, uning sobiq turmush o‘rtog‘i va yana ikki nafar xodimasi tergov ostiga tushdi. Tergov xorij telekommunikatsiya kompaniyalarining o‘zbek bozoriga kirish huquqini olish uchun pora sifatida bergan mablag‘lari Shveysariyadagi Gulnora bilan bog‘liq hisob raqamlariga kelib tushgan degan xulosaga keldi. Karimovaning Shveysariyadagi mablag‘i, mulki va qimmatbaho buyumlariga taqiq qo‘yildi.

    2018-yilda jinoiy ish bo‘yicha oldinga siljish bo‘ldi: may oyida Shveysariya prokuraturasi Karimovaning sobiq eri va xodimalaridan biriga nisbatan jazo qarori chiqardi. Ular ikkisi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, iqtisodiy jinoyatlari uchun O‘zbekistonda uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilishgan. 2016-yil oxirida O‘zbekistonga kelgan shveysariyalik tergovchilarning tergovlaridan so‘ng mahkumlar Shveysariyadagi o‘zlari bilan bog‘liq ishlar tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishiga rozi bo‘lishdi hamda sudga qadar Shveysariya  banklaridagi qariyb 700 million frank mablag‘lari musodara qilinishiga ruxsat berishdi.

    Gulnora Karimovaning jenevalik advokati Greguar Manja bu qarorga norozilik bildirdi. U o‘z bayonotlarida mahkumlar o‘zlarining O‘zbekistondagi kelajagi musodara qilingan pullarning vatanga qaytarilishiga bog‘liqligidan kelib chiqib iqrorlik ko‘rsatmasi berishganini bildirdi.

    Ammo 2018-yil yozida Shveysariya federal jinoiy sudining kassatsion kollegiyasi advokatning shikoyatini rad etdi. Endilikda, Shveysariya prokuraturasining DW’ga bildirishicha, jinoiy ishni mantiqiy yakuniga yetkazish uchun sud kollegiyasining qolgan to‘rt ayblanuvchiga nisbatan qarorini kutish kerak bo‘ladi.

    Ish rasman yopilmagan bo‘lsa-da, Shveysariya pullarni O‘zbekistonga qaytarishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu mamlakatning tashqi siyosat tamoyili – noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni kelib chiqish mamlakatiga topshirish tamoyiliga mos keladi, deya izoh berdi TIV.

    “Keyingi o‘ttiz yil davomida Shveysariya ikki milliard dollardan ortiq pulni qaytargan — bu boshqa har qanday davlat qaytargan mablag‘dan ko‘proqdir. Ammo hozirda qaytarilishi lozim bo‘lgan boylik bilan qanday ish tutish kerakligiga baho berishga hali erta”, — deyiladi Shveysariya TIV bayonotida.

    Ammo Gulnora Karimovaga tegishli pullar kimga nasib etadi?

    Masalan, bu pullarga nemislarning 2000-yillar oxirida Toshkentda muhtasham Forumlar saroyini qurgan kichik va o‘rta korxonalaridan iborat butun boshli guruhi da’vogarlik qilmoqda. Buyurtma rasman Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan Zeromax kompaniyasi topshirig‘iga asosan bajarilgan bo‘lsa-da, uning ortida, aftidan, Karimova turgan. Kompaniya 2010-yilda bankrotga uchrab, o‘zidan 5 milliard Shveysariya frankidan kam bo‘lmagan miqdorda qarz qoldirgan.

    Kreditorlarning Gulnora Karimova va uning sheriklaridan olib qo‘yilgan mablag‘lardan kompensatsiya olish imkoniyatlari juda kam – chunki Karimova bankrotga uchragan kompaniya bilan aloqasi bo‘lganini rad etmoqda, O‘zbekiston hukumati esa uning bankrotga uchrashini davlat javob bermaydigan xususiy holat sifatida baholamoqda.

    Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasi kreditorlardan biriga tayanib yozishicha, ular 2019-yil yanvarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga bo‘lajak davlat tashrifidan umid qilishmoqda. Ilgari Germaniya hukumati bir necha yil davomida Toshkentning tadbirkorlardan qarzdorligi masalasini bir necha marta ko‘targan, ammo bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

    Shveysariyaning strategiyasiga ko‘ra, korrupsion pullar “kelib chiqish mamlakati xalqiga berilishi, noqonuniy kanallar orqali qaytadan chiqib ketmasligi darkor”. Shveysariyada bu borada tegishlicha tajriba bor. 2009-yilda Qozog‘istonga 115 million frank miqdoridagi korrupsion pullarni qaytarish uchun Qozog‘istondagi kam ta’minlangan oilalarga yordam berishi ko‘zlangan “Bota” maxsus xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan. Mablag‘lar taqsimlanishini tashqaridan Jahon banki kuzatib turgan.

    To‘g‘ri, o‘shanda qoidabuzarliklar ham qayd etilgan. Bu qator o‘zbek huquq himoyachilarining O‘zbekistonda ham ana shunday jamg‘arma tashkil etilishiga qarshi chiqishayotganining sabablaridan biridir. Xorijda yashaydigan o‘zbeklar guruhi Shveysariyani Toshkent bilan muzokaralarda Karimovaning noqonuniy pullarini qaytarish masalasida shaffoflikni ta’minlashga chaqirdi.

    Uning Shveysariyadagi mablag‘lari qanchalik samarali sarflanishi boshqa G‘arb davlatlarining “Gulnoraning pullarini” O‘zbekistonga qaytarish borasidagi qarorlariga bog‘liq bo‘ladi. Shveysariyaning tergov o‘tkazishi boshqa davlatlarda ham ana shunday jarayonlar boshlanishiga turtki bo‘ldi. Niderlandiya, Shvetsiya hamda AQShda Karimovaga pora bergan telekommunikatsiya kompaniyalariga nisbatan allaqachon ayblov hukmlari e’lon qilingan.

    Bu ishlar doirasida turli aktivlar musodara qilinishi mumkin. Gap Shveysariya banklaridagi mablag‘dan anchagina kam miqdor haqida bormoqda, ammo ular ham o‘ziga yarasha ahamiyatga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga qarshi jinoiy surishtiruv doirasida 2018-yil oktabrda unga tegishli bo‘lgan uchta ko‘chmas mulk obyekti va boshqa aktivlarga taqiq qo‘yilgan.

    30.11.2018, 08:12   Izoh (0)   153532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zMAA yangi rahbari OAV so‘z erkinligini ta’minlash uchun bor kuchini ishga solishga va’da berdi

    30.11.2018, 08:05

    Xorazmda “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ochildi

    29.11.2018, 23:45

    O‘zbekistonda yoshlar kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurish uchun davlat obyektlari “nol” xarid qiymatida beriladi

    29.11.2018, 23:15

    Surxondaryoda Kanadaga ishga jo‘natishni va’da qilib, salkam 20 ming dollarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

    29.11.2018, 23:05

    Yangiobod tumanida soliq qarzdorligi joriy yil boshiga nisbatan 121 million so‘mga kamaydi

    29.11.2018, 23:00

    O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisiga diplom topshirildi

    29.11.2018, 22:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.