Putin Rossiya dollardan voz kechmasligini aytdi, deb yozadi TJournal. Bu haqda u “Rossiya zovyot!” investitsiya forumida turkiyalik jurnalistning savoliga javoban aytib o‘tdi.
Jurnalist Vladimir Putindan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, aniqrog‘i Rossiya rublning dollarga bog‘liqligidan voz kechishi kerakmi-yo‘qmi, degan masalada savol berdi. Prezident davlatning bunday maqsadi yo‘qligini ta’kidladi.
“Bizning dollardan ketish maqsadimiz yo‘q, dollar bizdan ketmoqda. Bunday qaror qabul qiladiganlar esa o‘ziga o‘zi zarar beradi”, — dedi Putin.
Izoh (0)