Olmaotadagi karaoke-barda faqat xorijliklar uchun xizmat qo‘rsatadigan fohishalar qo‘lga olindi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Qo‘lga olish chog‘ida bu yerda Janubiy Koreyaning 22 nafar fuqarosi va 18 nafar fohisha bo‘lgani aniqlandi. Operatsiyada 4 davlat — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirok etdi.
Ushlanganlarning barchasi politsiya departamentiga keltirildi, intim-biznes tashkilotchilariga nisbatan sudgacha bo‘lgan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Ularga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ostona politsiya departamenti mutasaddilariga ko‘ra, shu kunlarda 4 davlat hududida bir vaqtning o‘zida odam savdosi, qo‘shmachilik jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan “Stop trafik” operativ-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Qo‘shni davlatlardan kelgan xodimlar Olmaota politsiyasining bu boradagi tajribasini o‘rganmoqda.
Izoh (0)