Mart oyi boshlarida Afrikaning Serengeti parki bo‘ylab sayohat qilgan safari ishtirokchilari bir guruh gepardlarga duch keldi, ular aka-ukalar bo‘lgan deb tahmin qilinmoqda, deya xabar berdi National Geographic.
“Avtomobilni ko‘rgan gepardlardan biri kapot ustiga sakrab chiqdi. Harakatni davom ettirishning imkoni yo‘q edi: bu yirtqichlarni qo‘rqitib yuborishi hamda ularda agressiya keltirib chiqarishi mumkin edi. Shu sababli odamlar holat qanday tugashini kutib, jim qotdi. Birinchi geperd ortidan mashina ustiga ikkinchi gepard sakradi. Ochiq oynalar orqali u salon ichiga kirdi, bo‘sh bo‘lgan o‘rindiqlar isini oldi”, — deydi turist Britton Xeyes.
Sayyohlardan biri sietllik Britton Xeyes vaziyatni nazoratiga olgan giddan juda minnatdorligini bildirdi.
“U barchaga xotirjamlik saqlashga yordam berdi hamda gepard bilan nigohlar to‘qnashmasligini tavsiya qildi, sababi bu holat yirtqich tomonidan chaqiruv sifatida qabul qilinishi mumkin edi”, — deydi sayyohlardan biri.
“Odamlar uddasidan chiqdi: ‘zerikarli’ va harakatsiz obyektlar yosh gepardni qiziqtirmadi, u avtomobilni tark etdi”, —deyiladi xabarda.
https://www.facebook.com/KOMONews/videos/1783093095092348/
Izoh (0)