Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (BSST) Yevropa hududiy byurosi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Rossiya immunotanqislik virusini tarqatish bo‘yicha Yevropa mamlakatlari orasida 2017-yilda birinchi o‘rinni egalladi. Rossiyada 100 ming kishi uchun 71,1 ta yangi holat aniqlangan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Ikki mamlakat (Rossiya Federatsiyasi va Ukraina)da tashxislangan holatlarga OIV-infeksiyasi 75% Yevropa qismiga va 92% hududning sharqiy qismiga to‘g‘ri keldi.Bir yilda olimlar 160 mingta yangi holatni qayd etgan, shularning 130 mingtasi Sharqiy Yevropaga to‘g‘ri keladi. Shundan Rossiyada 104 ming nafar kasal aniqlangan.Kasallikning yuqishi 59 foiz holatda jinsiy, 30 foizida ineksiya yo‘li bilan yuborilgan giyohvandlik moddasi orqali yuqqan.Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni Ukraina egalladi, xuddi shu davrda ushbu hududda 37 ta OIV yuqish holatlari aniqlangan. Keyingi o‘rinda Belarus (26,1 holat) va Moldaviya (20,6).
Eng past ko‘rsatkich Sloveniya (1,9), Slovakiya (1,3) hamda Bosniya va Gersegovinada (0,3) qayd etilgan.Bundan tashqari mutaxassislar G‘arbiy Yevropada OIV yuqish holatlari kamayganligiga e’tibor qaratdi. Olimlar tendensiyani OIVni aniqlashga yo‘naltirilgan testlarni amalga oshirilishini ko‘zda tutadigan dasturlar bilan bog‘ladi. Bu davolashni iloji boricha tezroq boshlash imkonini beradi.
Izoh (0)