Fransiyaning favqulodda va muhtor elchisi Violen Biyet de Vilmor ADECIA agentligi hamda Yevropa Ittifoqi ekspertlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Andijon viloyatida moliyalashtirilayotgan kartoshka uchun sabzavot omboriga tashrif buyurdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Yevropada yaratilgan sabzavot ombori haroratni mustaqil boshqarishni ta’minlaydigan to‘rt seksiyadan iborat. Ular iste’mol uchun birday ham kartoshka urug‘i, ham kartoshkaning o‘zini saqlash imkonini beradi.2018-yilda yer tahlilidan kelib chiqib amalga oshirilgan o‘g‘itlash va sug‘orish jarayonini nazorat qilish evaziga har bir gektardan yuqori hosil olindi. Turli sinovlar O‘zbekiston yerlariga mos to‘rtta fransuz navini tanlash imkonini berdi.2019-yilda to‘rtta navni yetishtirishda tomchilab sug‘orishga asosiy e’tibor qaratiladi, bu esa bir gektardan 80 foizgacha samara beradigan 50 foizgacha suvni tejash imkonini beradi.
Izoh (0)