Toshkentda ayollar huquqini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan “Ehtiyot bo‘ling, zaif jon” nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.
Loyiha Uzbfashion modalar uyi tomonidan fotograf Rinat Karimov bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda ishtirok etganlar orasida Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova, Shahzoda Matchonova, Nilufar Usmonova, Husnora Shodiyeva va boshqa taniqli ayollar bor.
Ma’lumot uchun, 25-noyabr ayollar ustidan zo‘ravonlikni bartaraf etish xalqaro kuni hisoblanadi. Ushbu sana maqsadi jamoatchilik e’tiborini mazkur muammoga qaratish bo‘lgan 16 kunlik kampaniyani boshlab berdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda har uchinchi ayol oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekmoqda.
Izoh (0)