Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti Donald Trampdan so‘zlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shaxsan yetkazishni so‘radi, deb yozadi “Liga Novosti”.
“Iltimos, Ukrainadan yo‘qoling, janob Putin”, —deydi Poroshenko NBC kanaliga bergan intervyusida.
Putin va Tramp 30-noyabr hamda 1-dekabr kunlari Argentinada o‘tkaziladigan G20 sammitida uchrashadi. Biroq ushbu uchrashuv bo‘lmasligi ham mumkin — Tramp o‘ziga agressiv holat yoqmayotgani va uchrashuvni qoldirish haqida o‘ylayotganini aytgan.
Izoh (0)