Buyuk Britaniyaning Billingem shahrida yashovchi qiz onasining ozish bo‘yicha muvaffaqiyatidan keyin o‘z vaznining qariyb yarmini yo‘qotdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Stef Sayks ismli 24 yoshli qiz 2015-yilda otasi vafot etgach semira boshlagan. Qiz har doim ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammodan aziyat chekkan, biroq bu davrda o‘zini nazorat qilishni to‘xtatgan.
Qiz uyiga qamalib olgan, hamma vaqt ovqat yegan va uxlagan. Ikki yildan so‘ng Sayksning vazni 171 kilogrammga yetgan. Qizning holati onasini xavotirga sola boshlagan. Karen Stef qizini o‘zi misolida ruhlantirgan va uni ozish bo‘yicha klubga yozdirgan.
Onaning uslubi qo‘l kelgan. Onasining muvaffaqiyatlaridan ruhlangan Stef o‘z ustida ishlay boshlagan. Qiz 76 kilogrammga ozgan va XXXL kiyim o‘lchamidan M o‘lchamiga o‘tgan. Ayni paytda qizga osilib qolgan terisining olti kilogramm vazni xalaqit bermoqda. Biroq sug‘urta bunday operatsiyani qoplamaydi, shuning uchun Stef mustaqil ravishda 20 ming funt sterling yig‘moqda.
Izoh (0)