Rossiya poytaxtidagi savdo markazlaridan portlashlar tahdidi tufayli bir necha ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manbalarga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Operativ xizmatlarga 10 dan ortiq savdo markazidagi portlash tahdidi haqidagi xabarlar kelib tushdi. Binolardan bir necha ming kishi evakuatsiya qilindi”, — deya ma’lum qilgan manba.
“Minalashtirilgan” binolar qatorida “Svetnoy”, “Atrium”, “Megapolis”, “Kapitoliy”, “Gorbushkin dvor” va “Xorosho” savdo markazlari bor.
Hozirda bu manzillarda politsiyachilar va kinologlar hududni tekshiruvdan o‘tkazmoqda.
Izoh (0)