Sharifjon Tursunov “O‘ztransgaz” aksionerlik jamiyati raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo”ga jamiyat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uning nima sababdan ishdan bo‘shatilganiga aniqlik kiritilmagan. Kompaniyaning amaldagi rahbari ham tayinlanmagan.
Ma’lumot uchun, Sharifjon Tursunov 2018-yil iyunida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga rais etib tayinlangandi.
Izoh (0)