Pekinda tarixdagi eng qimmatbaho yo‘ltanlamas taqdim etildi, deb yozadi Big Picture. Uning narxi qariyb 2 million dollarga teng.
Avtomobil qirrador dizaynga ega bo‘lib, unga qora va jilosiz tus berilgan, ehtimol shu sababli u betmobilni (superqahramon Betmenning avtomobili) yoki “Stels” bombardimonchisini eslatadi.
Karlmann King deb ataluvchi avtomobilning har bitta modeli alohida buyurtma bilan yasaladi, jami o‘nta avtomobil chiqarish rejalashtirilmoqda. Buyurtma asosida avtomobil zirhli qilib ham yasalishi mumkin.
Ichki interyer avtomobildan ko‘ra, ko‘proq qimmatbaho mehmonxona foyesini eslatadi, bir qator qulayliklari orasida Sony Playstation pristavkasi va sun’iy yo‘ldoshli TV ham bor.
Izoh (0)