Yangi Jeep Gladiator pikapining bir nechta surati taqdim etildi. Suratlarda avtomobilning barcha ko‘rinishlardan batafsil tasviri aks etgan. Mashinaning taqdimoti Los-Anjelesda bo‘lib o‘tishi kerak, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Avtomobil 3,6 litr sig‘imli V6 Pentastar dvigateliga ega bo‘lib, uning quvvati 289 ot kuchiga teng. Dvigatel mexanik va avtomatik tezlik uzatish qutisida harakatlanadi.
Pikapga ulanadigan tirkamaning yuk ko‘tarish qobiliyati va uning massasi mos ravishda 725 va 3470 kilogrammni tashkil qiladi.
Salonga Apple CarPlay va Android Auto tizimlarida ishlaydigan 7.0 va 8.4 dyuymli sensor displeylar o‘rnatiladi.
Izoh (0)