O‘zbekiston 2018-yilning yanvar-oktabrida 148,3 mingta yengil avtomobil chiqardi, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 31,7 foizga ko‘p demakdir, deb yozadi UzDaily.
Statistika davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hisobot davrida 5,3 foizga — 3,37 mingtagacha o‘sgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda yanvar-oktabrda 532 ta avtobus (kamayish — 32,1 foiz), 115,34 ming ta avtomobil dvigateli (o‘sish — 49,2 foiz), 2,71 mingta traktor (o‘sish — 4,6 marta) ishlab chiqarildi.
Izoh (0)