Raspberry Pi Foundation o‘zining eng kuchli mikrokompyuterining arzonroq talqinini taqdim etdi. Yangi qurilma Raspberry Pi 3 Model A+ nomini oldi va uning narxi 25 dollar turadi. Bu haqda “Nano texnologiya” xabar berdi.
Raspberry Pi 3 Model A+ modeli to‘rt yadroli Broadcom BCM2837B0 protsessorga asoslangan bo‘lib, ishlash chastotasi 1,4 gigagersga teng. Shuningdek, qurilma to‘liq o‘lchamli HDMI portiga hamda Bluetooth 4.2 va Wi-Fi modullariga ega. Bu esa uning oddiy foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishini yengillashtiradi.
Yangi mikrokompyuterning 35 dollar turadigan Model B+ talqinidan 10 dollar arzonlashishiga Ethernet portining olib tashlanishi, tezkor xotira hajmining 1 gigabaytdan 512 megabaytga tushirilgani, to‘rtta USB 2.0 portining o‘rniga bitta o‘rnatilgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)