2018-yilda taqdim etilgan yangi iPad Pro plansheti samaradorlik sinovi jarayonida hayratlantiruvchi natijalarni ko‘rsatdi. U o‘zidan avvalgi talqindan ikki marta kuchliroq bo‘lib chiqdi. Gadjetning yuqori quvvatini A12X chipseti ta’minlaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Planshetning sinovi AnTuTu benchmarki tomonidan o‘tkazilgan. Yakunda planshet 500 ming ochkodan yuqori natija yig‘gan birinchi iOS qurilma bo‘ldi.
iPad Pro’ning eng yaqin raqobatchisi Kirin 980 chipsetiga va 300 ming ochkoga ega Huawei Mate 20 Pro hisoblanadi.
Apple tomonidan qayd etilishicha, samaradorlikning yuqori ko‘rsatkichlari energiya sarfida aks etmaydi. Natijalar samaradorlik tezkor xotira hajmiga bog‘liq emasligini ham ko‘rsatgan.
Izoh (0)