Internetda Samsung Galaxy S10 smartfonining haqiqiy surati paydo bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Suratda smartfonning ekranidagi old kamera uchun qilingan o‘yiqni ko‘rish mumkin. Shuning hisobiga ishlab chiqaruvchi zamonaviy smartfonlardagi “kesim”dan qutulishi mumkin.
Shuningdek, yuqori va pastki romlarning sezilarli darajada qisqa bo‘lishi kutilmoqda. Shu tariqa ekran egallaydigan maydon deyarli 100 foizga yaqinlashadi.
Ekranda o‘yiqli texnologiyaning foydalanilishi Samsung’ga uning raqobatchilari oldida sezilarli ustunlik berishi mumkin. Bunday texnologiyadan hali birorta kompaniya foydalanmagan.
Izoh (0)