Apple kompaniyasi iPhone XR smartfoning qo‘shimcha ishlab chiqarilishini bekor qilish haqida qaror qildi. Bunga smartfonga bo‘lgan talabning past ekanligi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, kompaniya iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlariga buyurtmalar sonini oshirgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
iPhone smartfonlarini ishlab chiqaradigan Foxconn zavodi XR modeli uchun dastlab 60 ta yig‘ish tarmog‘ini tayyorlagan, biroq so‘nggi vaqtlarda ularning faqat 45 tasidan foydalanilgan.
Zavod kuniga dastlab rejalashtirilganidan 100 mingta kam qurilma ishlab chiqaradigan bo‘ldi. Bunga XR modeliga bo‘lgan talab Apple hisob-kitoblaridan ko‘ra 20—25 foizga kamroq bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Shu bilan bir vaqtda, iPhone 8 va iPhone 8 Plus modellarini ishlab chiqarish hajmi 20 foizga oshadi. Bu modellarga talabning oshishiga ularning narxi ayni paytda 20 foiz arzon ekanligi sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)