Toshkentning Yashnobod tumanida yashovchi, 67-maktabning yuqori sinfida o‘qiydigan M.Q. 3-noyar kuni sinfdoshi M.A. bilan otasiga tegishli Mercedes-Benz mashinasini hujjatlarsiz ko‘chaga haydab chiqqan.
M.Q. mashinani Asalobod ko‘chasi bo‘ylab haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Avariya oqibatida M.Q.ning sinfdoshi M.A. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. M.Q.ning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Izoh (0)