Irlandiya osmonida bir nechta reyslar uchuvchilari yorqin chaqnashlar va NUJ (noma’lum uchar jism)larni ko‘rgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
9-noyabr kuni British Airways aviareysi uchuvchisi Irlandiyaning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlari ustidan uchib o‘tayotib, “yorqin chaqnashlar”ni ko‘rgan. U ushbu hududda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani haqida bilish uchun dispetcher bilan bog‘langan. Samolyotning qarshisidan noma’lum yorqin obyekt uchib o‘tgan.
Dispetcher havo hududida hech qanday harbiy operatsiyalar o‘tkazilmayotganini bildirgan.
Virgin Atlantic Airways kompaniyasi uchuvchisi ham o‘sha hududda uchar jismni ko‘rib, uni Yer atmosferasidan o‘tayotgan meteorit yoki boshqa zich jism deb taxmin qilgan.
Uchuvchi qayd etishicha, NUJ ortidan yana bir nechta yorqin obyektlar uchgan. Guvohlardan biri obyektlarning tezligi soatiga taxminan 2500 kilometrga teng bo‘lganini aytgan. Ta’kidlanishicha, zamonaviy harbiy texnikaning tezligi ushbu ko‘rsatkichdan ancha yuqori.
Irlandiya aviatsiya boshqarmasi hodisani tekshirishga kirishdi.
https://youtu.be/kulU88RyhCI
Izoh (0)