Minsk aeroportida ko‘rinish darajasi “nol” bo‘lgan sharoitda samolyotni qo‘ndirish jarayonini uchuvchi kabinasidan videoga olishdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Kadrlarda havo kemasi qalin bulut qatlami orasidan uchib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Pasayganidan keyin layner yerdan 500 metr balandlikdagi qalin tumanga tushib qolgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi esa qo‘nishdan taxminan 20 soniya avval ko‘rina boshlagan, xolos.
“Bunday ob-havoda ham qo‘nish mumkin”, — deb yozdi samolyot uchuvchisi Instagram’da.
Izoh (0)