Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb yozadi “Xabar.uz”
Unda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.Yo. Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan “Iltifot” qahvaxonasida 2017-yil 4-noyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini 1 000 AQSh dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)