Tailand vazirlar mahkamasi 6-noyabr, seshanba kuni O‘zbekiston, shuningdek, yana 20 ta mamlakatni yetib kelgandan so‘ng to‘lanadigan viza yig‘imini to‘lashdan ozod etdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu 1-dekabrdan 2019-yilning 31-yanvarigacha amal qiladi. Tailandga 15 kungacha muddatga boradigan o‘zbekistonlik sayyohlar 2000 bat (6 dollar) miqdoridagi yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, sayyohlari yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadigan mamlakatlar ro‘yxatiga Andorra, Butan, Bolgariya, Xitoy, Kipr, Efiopiya, Fiji, Hindiston, Qozog‘iston, Latviya, Litva, Maldiv, Malta, Mavritaniya, Papua - Yangi Gvineya, Ruminiya, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Tayvan va Ukraina ham kirdi.
Ushbu chora mamlakatga turistlar oqimining 30 foizga oshishiga yordam berishi kerak.
Izoh (0)