Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan VII Xalqaro teatr festivalida “Momo yer” spektakli ikkita nominatsiya bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi. Spektakl Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Festivalning taqdirlash marosimi Toldiqo‘rg‘on musiqali drama teatrida o‘tkazildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari, jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Mamatillaoxunova – “Eng yaxshi ayol roli ijrosi uchun” va O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Shuhrat Abdumalikov “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyalari bo‘yicha festival mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Izoh (0)