Ozonni buzadigan moddalarni ishlab chiqarishni taqiqlaydigan Monreal protokoliga to‘liq amal qilingan taqdirda, atmosferaning ozon qatlami shimoliy yarimsharda 2030-yilga qadar, butun Yerda esa 2060-yilga qadar to‘liq tiklanishi mumkin. Bu haqda Butunjahon meteorologik tashkiloti tadqiqoti ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
1970-yillarning oxirida ozon qatlamining yemirilishi aniqlangan, biroq XXI asrning boshiga kelib, u to‘xtagan. Olimlarni buni qisman global iqlim isishi va atmosferada uglerod gazi konsentratsiyasining oshishi bilan bog‘laydi. Shuningdek, yemirilishning to‘xtashi Monreal protokoli imzolanishining ijobiy natijalari bilan ham bog‘lanadi.
Tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yildan buyon qutb hududlari chegaralarida ozon qatlamining 1—3 foizi o‘n yillik ichida qayta tiklangan. Agar mazkur temp saqlanib qolsa, shimoliy yarimsharda va o‘rta kengliklarida qatlam 2030-yilgacha tiklanadi, janubiy yarimsharda esa bu tiklanish 2050-yilgacha, qutb hududlarida 2060-yilgacha tiklanish o‘z nihoyasiga yetadi.
Izoh (0)