Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridan kelgan va sovuq qurolga ega 20 mingdan ortiq muhojir Bosniya—Xorvatiya chegarasi orqali Yevroittifoq hududiga o‘tishga urinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kronen Zeitung nashriga ko‘ra, garchi ikki davlat chegarasida maxsus bo‘linmalar joylashtirilgan bo‘lsa ham, muhojirlarning deyarli barchasi pichoqlar bilan qurollangani sababli vaziyat murakkab tus olmoqda.
“Ular orasida oilalar yo‘q, ayollar ham deyarli uchramaydi. Chegaradan o‘tishni istayotganlarning 95 foizi pichoqlar bilan qurollangan yoshlar. Ular politsiyachilardan birini pichoqlashga ham tahdid qilib ko‘rdi”, — deya nashrga ma’lum qilgan Avstriya IIV mutasaddilari.
Chegarada to‘plangan muhojirlar orasida suriyalik qochoqlar yo‘q, ular asosan Pokiston, Eron, Jazoir va Marokash fuqarolari. Muhojirlar Germaniya va Skandinaviya davlatlariga yo‘l olishni ko‘zlagan.
Izoh (0)