Afg‘oniston sharqidagi G‘azna viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga “Tolibon” terrorchilik guruhi tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, hujum oqibatida yetti nafar harbiy va olti nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Yana to‘rt kishi viloyatning Xo‘gyoniy tumanidagi nazorat punktiga qilingan hujum oqibatida jabrlangan.
Javob tariqasida olti nafar jangari yo‘q qilingan. Otishma vaqtida kamida 10 nafar terrorchi jarohat olgan.
Izoh (0)