• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tadbirkorlar yil boshidan beri “Shaxsiy kabinet”lari orqali 6,5 trln so‘m soliq to‘ladi

    Davlat soliq qo‘mitasining “Elektron davlat xizmatlari — My.soliq.uz” portali orqali 35 turdagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Elektron davlat xizmatlaridan 15 tasi axborot davlat xizmatlari, 20 tasi interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq to‘lovchining “shaxsiy kabinet”lari joriy etilgan.

    Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar orqali soliq to‘lovchining “shaxsiy kabineti” yordamida murojaatlarni yo‘llash, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ortiqcha soliq to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida arizalarni jo‘natish, soliq hisobotlari va deklaratsiyalarni elektron ko‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobga turganligi (STIR), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lganligi to‘g‘risida va boshqa ma’lumotnomalarni olish mumkin.

    Shu bilan birga, soliq to‘lovchiga hisoblangan, u tomonidan to‘langan summalar, soliq qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar hamda byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham Davlat soliq qo‘mitasining axborot resurslaridan bevosita olish imkoniyati yaratilgan. Bu esa soliq organi xodimi va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarni zamonaviy vositalar yordamida rivojlantirishga, soliq organlariga ortiqcha kelib-ketishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

    Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan muloqotsiz ko‘rinishda 2018-yil boshidan “My.soliq.uz” portalidagi soliq to‘lovchilarning “shaxsiy kabinet”lariga jami 600 mingdan ortiq foydalanuvchi tomonidan 11 milliondan ortiq murojaat bo‘lgan. “Shaxsiy kabinet”lar orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan 6,5 trillion so‘m miqdoridagi soliqlar elektron shaklda to‘landi.

    Endilikda soliq to‘lovchilar va soliq xizmati organlari o‘rtasidagi elektron shaklda amalga oshirilmayotgan jarayonlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish yuzasidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

    Jumladan:

    Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilayotgan bo‘lib, uning natijalari bo‘yicha mazkur mexanizmni butun mamlakat bo‘ylab tizimli ravishda amalga oshirish;

    Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, soliq solish obyekti vujudga kelganda davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish;

    Respublika soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob ma’lumotlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida ma’lum qilish;

    Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisoboti va davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan ziddiyatlar bo‘yicha tegishli tuzatishlar kiritish bo‘yicha xabardor qilish;

    Ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish asosida hisobga olinganda, soliq to‘lovchiga bu haqda xabarnoma berish;

    Soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish bo‘yicha talabnoma berish;

    Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizalarni yuborish;

    Soliq qarzini debitor hisobidan undirilishi yuzasidan qarzdorning debitorlari “shaxsiy kabineti”ga elektron bildirishnomalar yuborish va boshqa muloqotlarni elektron shaklga o‘tkazish.

    Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratilgan ushbu imkoniyatlar soliq to‘lovchilar, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlarining soliq organlariga tashriflarini kamaytirish, vaqt va sarf-xarajatlarini tejashga, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

    06.11.2018, 23:45   Izoh (0)   8938
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muller Martini vakillari o‘zbekistonlik matbaachilar uchun seminar-trening o‘tkazdi

    06.11.2018, 23:20

    Qashqadaryoda viloyat televideniyesi muharriri 3,5 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

    06.11.2018, 23:12

    Isroil kompaniyasi Andijonda parrandachilik fabrikasi barpo etadi

    06.11.2018, 23:08

    Shahrisabzda Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video)

    06.11.2018, 19:53

    NamMTI olimlari Tojikistondagi oliy o‘quv yurti faxriy professori bo‘ldi

    06.11.2018, 18:45

    Ostonada O‘zbekiston tadbirkorlarining savdo-ko‘rgazma markazi ish boshladi

    06.11.2018, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.