Qashqadaryo viloyat televideniyesi muharriri joriy yil 28-oktabr kuni Qarshi shahrida 3,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda “Turon 24”ga Qarshi shahar prokuraturasi ma’lum qildi.
Prokuratura xabariga ko‘ra, ismining faqat bosh harflari oshkor qilingan shaxs Kasbi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaroning maktab direktori bo‘lishiga yordam berishini aytgan. Xizmati evaziga esa 3,5 million so‘m pul talab qilgan.
Jurnalist Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va Qarshi shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida talab qilingan pulni olayotgan paytida qo‘lga olingan.
Mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlandi.
Izoh (0)