O‘zbekistonning Yagona milliy stendi Londonda bo‘lib o‘tgan an’anaviy World Travel Market – 2018 xalqaro sayyohlik ko‘rgazma-yarmarkasida namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
World Travel Market (WTM) jahon turizm bozori sahnidagi eng muhim voqeliklardan biridir. Joriy yil 5-noyabr kuni ochilgan 3 kunlik yarmarka turizm biznesi professional vakillarining uchrashuv va rasmiy muzokaralari uchun muhim maydoncha vazifasini o‘taydi. Har yili WTMga tashrif buyuruvchilar soni 80 mingdan oshadi. Ular orasida diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, turizm tashkilotlari vakillari ham bor.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston stendi O‘zbekistonning turizm yo‘nalishlari to‘g‘risidagi risola, videorolik, yo‘l ko‘rsatkich va boshqa axborot materiallarini o‘z ichiga oladi.
WTM – 2018 xalqaro sayyohlik ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari va xorijiy hamkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)