Xalqaro koinot stansiyasiga “Soyuz-FG” raketasi avariyaga uchraganidan keyingi boshqariluvchi parvoz 3-dekabrga rejalashtirilmoqda, deb yozadi “TASS” “Energiya” RKK bosh direktori Sergey Romanovga tayanib.
“Bizda XKS dasturi doirasidagi parvozlar dasturida o‘zgarishlar yuz berdi. Yuk kemasi (“Progress MS-10”)ni uchirish 31-oktabrdan 16-noyabrga ko‘chirildi. “Soyuz MS-11” kemasi parvozi 3-dekabrga surildi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, “Soyuz-FG” eltuvchi raketasi Boyqo‘ng‘irdan 11-oktabr, payshanba kuni tongda uchirilgandi. Avariya parvozning 119-soniyasida birinchi bosqich yon qurilmalarining ikkinchi bosqich markaziy blokidan ajralish chog‘ida yuz bergan.
Avariya komissiyasi ma’lum qilishicha, avariya “ajralish kontakti datchigidagi deformatsiya tufayli oksidlovchi bakining konus naychasi qopqog‘i ochilmay qolgani” natijasida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)